Eron Qatarga raketa bilan hujum qildi
Olam
−
17 iyul 5382 1 daqiqa
Bugun, 17 iyul kuni ertalab Eron tomonidan Qatar hududiga raketa hujumi amalga oshirildi. Bu haqda Qatar Mudofaa vazirligi ma’lum qilib, mamlakat qurolli kuchlari amalga oshirilgan hujumni bartaraf etganini bildirdi.
Guvohlarning aytishicha, poytaxt Dohada bir necha portlashga o‘xshash tovushlar eshitilgan. Shu bilan bir vaqtda aholi mobil telefonlariga hukumatning xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirish xabarlari yuborilgan.
Shuningdek, mamlakat Ichki ishlar vazirligi havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlashi natijasida parchalar tegishi oqibatida bir nafar bola jarohatlanganini bildirgan. Qatar Ichki ishlar vazirligi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida jarohatlangan bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan.
Eron AQSHning o‘z hududiga bergan zarbalaridan keyin Fors ko‘rfazi davlatlariga qarshi hujumlarni kuchaytirdi. Tehron asosan mintaqadagi AQSH harbiy kuchlari foydalanadigan harbiy ob’ektlarni nishonga olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) 14 iyul kuni Iordaniyadagi AQSH harbiy-havo bazasi Eronning ballistik raketalari bilan nishonga olinganini ma’lum qilgan hamda Iordaniya aholisini mamlakatdagi Amerika harbiy bazalarini tugatishga chaqirgan edi.
Live
Barchasi