Eron qanday raketalar bilan Isroilga hujum qilganini ochiqladi

Olam

image

Joriy yilning 14 aprel kuni Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirgani va ba’zi nishonlarga zarba bergani xabar qilingandi. Endilikda Tehron hujumda “Gadr”, “Emad” va “Xaybar” raketalaridan foydalanganini e’lon qildi. Bu haqda Eron inqilobi gvardiyasi korpusi Aerokosmik kuchlari qo‘mondoni maslahatchisi, general-mayor Ali Belali CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Generalning ta’kidlashicha, bu raketalarning aniqligi "5 metrdan kam". "Gadr" va "Emad" raketalarining parvoz masofasi 1600 kilometrdan oshadi, ular 450-500 kg, “Xaybar” raketasi esa taxminan 320 kg og‘irlikdagi jangovar kallaklarni tashiy oladi.

Belali amerikalik jurnalistlarni Tehrondagi Aerokosmik kuchlar yutuqlari ko‘rgazmasi bilan tanishtirdi. CNN’ga ko‘ra, Amerika ommaviy axborot vositalariga ilk bor Eronda bunday ko‘rgazmaga qatnashishga ruxsat berilmoqda. Ko‘rgazmada Eronning qanotli raketalari, uchuvchisiz samolyotlari, shuningdek, uzoq va o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketalarining o‘nlab namunalari taqdim etilgan.

“Mudofaa qobiliyatimizni saqlab turish uchun hech kimga bog‘liq emasmiz. Biz bu borada yaxshi yutuqlarga erishdik va bundan keyin ham rivojlanamiz. Hali ommaga ma’lum bo‘lmagan yutuqlar ham bor”, deydi Aerokosmik kuchlar qo‘mondoni maslahatchisi.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, Isroilga zarba berish chog‘ida Shahed-136 dronidan ham foydalanilgan. Ular uchun yuk mashinasining kuzovi ishga tushirgich sifatida ishlatiladi. Tashqi tomondan u oddiy yuk mashinasiga o‘xshaydi, lekin ishga tushirish vaqtida kuzov ochiladi va u yerdan dronlar uchiriladi. Bir korpusga beshtagacha dron joylashtirilishi mumkin, ular ishga tushirilgandan so‘ng ma’lum trayektoriya bo‘ylab uchadi.

"Barcha maqsadlar oldindan dasturlashtirilgan. Parvoz marshruti dushman imkoniyatlari va radarning ko‘r nuqtalari, shuningdek, nishonga erishishimizga yordam beradigan barcha elementlarni hisobga olgan holda tanlanadi",  deydi Belali.

CNN’ning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Eronning raketa arsenalini Yaqin Sharqdagi eng kattasi deb hisoblaydi. Tehron esa raketa dasturini faqat mudofaaga qaratilganini aytib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron raketa Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing