Eron qamoqxonalarida minglab afg‘onlar saqlanmoqda

Olam

image

Eron qamoqxonalarida minglab afg‘onlar jazo o‘tamoqda, ularni vataniga qaytarish jarayoni esa ancha vaqt talab qiladi. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oyiga tayanib, “Tolonews” xabar berdi.

“Afg‘on mahbuslarining soni juda ko‘p. Bu davlat xazinasiga katta xarajatlar yuklaydi. So‘nggi bir yoki ikki yil ichida afg‘on mahkumlarini o‘z yurtlariga o‘tkazish uchun harakat qildik”, dedi Bag‘oyi.  

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati matbuot kotibining o‘rinbosari Hamdulla Fitratga ko‘ra, “Tolibon” ularni vataniga qaytarish jarayonini tezlashtirishga urinmoqda. Xususan, har ikki mamlakat vakillari turli jinoyatlar uchun ushlangan afg‘on muhojirlarini Afg‘onistonga topshirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda. Shu bilan ular qolgan jazo muddatlarini Afg‘onistonda o‘tashlari mumkin bo‘ladi.    

“Turli mamlakatlarda qamalganlarni ozod qilish va almashish uchun, ayniqsa, oila a’zolari yo‘q yoki malakali huquqiy vakil yollash imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar uchun diplomatik muzokaralar zarur”, dedi afg‘on muhojirlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faol.  

Qayd etilishicha, Eron qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan bir nechta afg‘on qatl qilingan. Ularning aniq soni ochiqlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston qamoqxonalarida 12 mingga yaqin erkak va kamida 1 ming ayol ushbu mamlakat sudlari tomonidan aybdor deb topilib, jazo muddatini o‘tayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron qamoqxona Ismoil Bag'oyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing