Eron istalgan davlatga raketa va dronlarni sotishga tayyorligini ma’lum qildi
Olam
−
10 dekabr
4405Eron dunyoning istalgan davlatiga raketa va dronlarni sotishga tayyor, ammo faqat tashqi tahdidlarga qarshi kurashish uchun ishlatish sharti bilan. Bu haqda bugun, 10 dekabr kuni hukumatning uch bo‘limi boshliqlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha oliy kengash kotibi va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq rahbari general Mohsin Rizoiy aviatsiya sanoati va aviatsiya bo‘yicha forumda qilgan chiqishida so‘z ochdi.
“Eron raketa, dron va qurollarni dunyoning istalgan davlatiga, ayniqsa, arab va islom davlatlariga sotishga tayyor, ammo faqat ular tashqi tajovuzga qarshi himoya qilish maqsadida ishlatilishi kerak. Biz qurollarimizni sotib, xalqlarning o‘zini himoya qilishiga ko‘maklashamiz”, dedi Rezoiy.
Rizoiyga ko‘ra, 1980 yilda Eron hujumga uchraganida (Eron-Iroq urushi) mamlakat bilan shartnoma qilgan va ulkan miqdorda pul to‘lagan davlatlar hozirda barcha harbiy sanoat aloqalarini to‘xtatgan. Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, Eron sanksiyalar ostida ham harbiy sohada katta yutuqlarga erishgan.
Shuningdek, Rezoiyning so‘zlariga ko‘ra, Eronning qurol eksporti mintaqadagi davlatlar uchun o‘z xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Rossiyaga 200 dan ortiq Fath-300 ballistik raketalarini yuborgani va ular 112 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga yetib borishga qodir ekani xabar qilingandi.
LiveBarchasi