Eron Isroilning yadroviy markazlariga zarba berish bilan tahdid qildi

Olam

image

Tehron Isroilning “yadro markazlari”ning joylashishini aniqladi va agar yahudiy davlati Eronning Isroil harbiy ob’ektlariga yaqinda uyushtirgan hujumiga javob qaytarsa, ularni yo‘q qilishga tayyor. Bu haqda Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining yadroviy mudofaa va xavfsizlik bo‘limi qo‘mondoni, general Ahmad Haqtalab bayonot berdi.

“Sionistik dushmanning yadro markazlarining joylashuvi aniqlandi va biz barcha nishonlar haqida kerakli ma’lumotlarga egamiz. Ta’bir joiz bo‘lsa, ularning harakatlariga javob sifatida nishonlarni yo‘q qilish uchun kuchli raketalarni uchirishga tayyormiz”, deydi general.

Eron va Isroil ziddiyatining keskinlashuvi

1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi.

Eron Isroilning konsullikka hujumi o‘z hududiga qilingan hujum ekanini va u o‘ch olishini aytdi.

Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini e’lon qildi.

14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.

Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilganini bildirdi, biroq bitta raketa mamlakat janubidagi harbiy bazaga tegdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil javob zarbasi haqida bir qarorga kelgani, Eron ham bunga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing