Eron Isroilning F-35 samolyotini urib tushirdi

Olam

image

Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari Tehron janubi-sharqida joylashgan Varamin shahri osmonida Isroil harbiy samolyotini urib tushirdi. Bu haqda shahar hokimiyati vakili Husayn Abbosiyga tayanib, “Mehr” agentligi xabar berdi.

“Xavfsizlik xizmati va harbiylar hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda, qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi”, dedi Abbosiy.

Keyinroq u Isroil harbiy-havo kuchlarining F-35 samolyoti shahar uzra urib tushirilganiga aniqlik kiritdi.

“Armiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Varamin shahar tumanining Javadobod tumanida dushman sionistik rejimning F-35 qiruvchi samolyotini urib tushirdi va yo‘q qildi”, deydi u.

Bu F-35 13 iyun kuni Eron-Isroil eskalatsiyasi boshlanganidan beri Isroil harbiy-havo kuchlarining qiruvchining urib tushirilgan beshinchi  samolyoti bo‘ldi.

ILNA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Varamin osmonida Isroil droni ham urib tushirilgan.

13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eron yadro dasturiga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Oradan bir kun o‘tmasdan Eron javob hujumini amalga oshirdi. Keyingi kunlarda Isroil va Eron yana zarbalar berishdi. Ikkala tomon ham ushbu hujumlar oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lum qildi va bir qator nishonlarga zarba berganini tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing