Eron Isroilga zarbalar yo‘llashni boshladi
Olam
−
13:31 12425 1 daqiqa
Eron Isroil davlati hududiga qarata zarba yo‘llashni boshladi. Bu haqda Isroil Mudofaa kuchlari xabar berdi.
Aholidan Fuqaro mudofaasi qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish so‘ralgan. Rasmiy xabar berilgunga qadar fuqarolar himoyalangan joylarda qolishlari kerakligi ta’kidlangan.
Mudofaa kuchlari zarbalar tushgan joylar va videotasvirlarni e’lon qilmaslik hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslikni yana bir bor qat’iy ogohlantirgan.
Havo mudofaasi tizimlari hozirda tahdidlarni aniqlash va ularni tutib qolish bilan shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron hududida Isroil bilan birgalikda harbiy amaliyot boshlanganini e’lon qilgandi. U o‘z bayonotida eronliklarni amaldagi tuzumni ag‘darishga chaqirgan. Tramp Eron harbiy xizmatchilariga taslim bo‘lishni va buning evaziga “immunitet” olishni taklif qilgan yoki “muqarrar o‘lim”ni tanlashlari mumkinligini aytgan.