Eron Isroilga qarshi yangi raketalar ishlab chiqdi
Olam
−
20 avgust 10037 1 daqiqa
Eron yuqori imkoniyatlarga ega yangi raketalar ishlab chiqdi. Mamlakatga yangi hujum uyushtirilgan taqdirda, ular Isroilga qarshi ishlatiladi. Bu haqda bugun, 20 avgust kuni Eron Mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda Mudofaa sanoati kuni munosabati bilan qilgan chiqishida so‘z ochdi.
Nosirzoda Eron harbiy-sanoat majmuasida joriy qilingan yangi texnologiyalar haqida gapirgan.
“12 kunlik urushda bir necha yil avval Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan raketalardan foydalanildi. Bugun biz ulardan texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ancha ustun bo‘lgan raketalarni yaratdik”, degan vazir.
Uning ta’kidlashicha, agar Isroil tomonidan yangi hujum bo‘lsa, Tehron ushbu ilg‘or raketalardan foydalanadi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Eronni yadroviy tahdidda ayblab, joriy yil 13 iyun tongida birinchi zarbani bergan edi. Oradan 17 soat o‘tib Eron javob zarbasini yo‘lladi va shundan so‘ng tomonlar raketa hujumlarini davom ettirdi. 22 iyun kechasi AQSH Isroilga yordam sifatida Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berdi. 23 iyun oqshomida AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil to‘liq va har tomonlama o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini e’lon qildi.
Live
Barchasi