Eron Isroil-Falastin mojarosiga aralashmaslik shartini aytdi
Olam
−
16 Oktabr 2023
20132Agar Tel-Aviv Eron hududiga hujum qilmasa, Eron Qurolli kuchlari jangovar harakatlarga kirishmaydi. Bu haqda “Reuters” agentligiga Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi xabar berdi.
“Isroil rejimi Eron, uning manfaatlari va fuqarolariga hujum qilmasa, mamlakat Qurolli kuchlari jangovar harakatlarni boshlamaydi. Qarshilik kuchlari o‘zini himoya qila oladi”, deydi diplomatlar.
Bundan oldin “The New York Times” gazetasi Amerika razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, Eron HAMASning Isroilga yaqinlashib kelayotgan hujumidan xabari yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Bayrutga tashrifi chog‘ida “Hizbulloh” yetakchisi Shayx Hasan Nasrulloh bilan uchrashgandi. Shuningdek, u oldinroq Eron Isroil harakatlari tufayli yangi front ochishi mumkinligini qayd etgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoriga elektr va suv yetkazib berishni to‘xtatish urush jinoyati hisoblanadi va ikkinchi front ochilishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.
LiveBarchasi