Eron Ispaniya Bosh vazirining suratini raketaga joylashtirdi (video)

Olam

image

Eron o‘z raketalaridan biriga urushni qo‘llab-quvvatlamagan Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesning suratini va minnatdorlik so‘zlarini joylashtirdi. Bu haqda fotosuratni ilova qilgan holda “Tasnim” xabar berdi. 

“Shubhasiz, bu urush nafaqat noqonuniy, balki g‘ayriinsoniydir. Rahmat, janob Bosh vazir”, deb yozilgan raketalarga ingliz va fors tillarida.

“Tasnim” tomonidan tarqatilgan yana bir suratda Erondagi qizlar maktabiga berilgan zarbadan so‘ng Buyuk Britaniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishi aks etgan surat tushirilgan raketa ko‘rsatilgan. Unda “Londonda Trampning harbiy jinoyatlari oqibatlariga hamdardlik bildirganlarga rahmat”, degan yozuv bor.

“Tasnim” ushbu suratlarga “yaqin orada bosib olingan hududlarga uchiriladigan raketalar”, deb izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyi boshida Ispaniya AQSHga Eronga zarba berish uchun o‘z bazalaridan foydalanishga ruxsat bermagan edi. AQSH Prezidenti Donald Tramp bunga javoban Ispaniya bilan savdo aloqalarini uzish bilan tahdid qildi. Shundan so‘ng Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches murojaat bilan chiqib, “Biz kimningdir qasosidan qo‘rqib, dunyo uchun zararli bo‘lgan ishga sherik bo‘lmaymiz”, dedi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ispaniya Pedro Sanches

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing