Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlanmoqda

Olam

image

Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Aloqa va kommunikatsiya vaziri Muhammad Jahromiy xabar bermoqda.

Vazir tvitterdagi o‘z sahifasida yozar ekan, sun’iy yo‘ldoshlar yaqin kunlarda uchirish maydoniga yetkazilishini ma’lum qilgan.

Jahromiy buni “tadqiqot sohasidagi muhim qadam” deb atagan. Ammo ularning fazoga chiqarishga qachon start berilishi haqida gapirmagan.

Eron OAVning ma’lum qilishicha, 90 kilogrammlik “Zafar” deb nomlangan sun’iy yo‘ldoshlar yuqori aniqlikda tasvirga oladigan to‘rtta rangli kamera bilan jihozlangan. Ular tabiiy manbalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni rivojlantirish yo‘lida zarur ma’lumotlarni yetkazib turadi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing