Eron elchisi O‘zbekistonni tark etadi

Jamiyat

image

Eronning O‘zbekistondagi elchisi Hamid Nayrobodiy faoliyatini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

“O‘zbekistonda to‘rt yillik faoliyatini yakunlayotgan Eron elchisi Hamid Nayrobodiy janoblari bilan uchrashdik. Janob elchining ikki mamlakat munosabatlarini har tomonlama faollashtirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi TIV rahbari.

Baxtiyor Saidov joriy yilning 29 avgust kuni o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan O‘zbekistondagi Gruziya elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qilgan edi. Uchrashuvda vazir Abdushelishvilining O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarga aniq natijalar bilan qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 avgustda Xitoy elchisi Yuy Szyun, Malayziya elchisi Ilhom Tua Bin Ilyos, Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart, Turkmaniston elchisi Shodurdi Meredov va Bangladesh Xalq Respublikasi elchisi Muhammad Monirul Islomdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron elchi Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vaziri Hamid Nayrobodiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing