Eron elchisi Avstraliyadan quvildi

Olam

image

Avstraliya Eronning mamlakatdagi elchisi Ahmad Sadegini "persona non grata" deb e’lon qildi va Avstraliyaning Tehrondagi elchixonasi xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Penni Vong matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Avstraliya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron “Avstraliyadagi yahudiy jamiyatiga qarshi antisemit hujumlar ortida turibdi”. Ta’kidlanishicha, Eron Melburndagi sinagoga va Sidneydagi kosher restoraniga qilingan hujumlarda ishtirok etgan.

“Avstraliya zaminida boshqa davlat boshchiligidagi bu dahshatli va xavfli bosqinchilik harakatlari chegarani kesib o‘tganiga shubha yo‘q. Shuning uchun Eron elchisi persona non grata, deb e’lon qilindi”, dedi Vong.

Diplomatga ko‘ra, Sadegi va yana uch Eron vakili Avstraliyani yetti kun ichida tark etishi kerak. Vazirning ta’kidlashicha, Kanberra Eron bilan “ba’zi diplomatik aloqalarni” saqlab qolish niyatida. Bu ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta boshqa davlat elchisining Avstraliyadan chiqarib yuborilishidir.

Tehrondagi avstraliyalik diplomatlar “uchinchi davlatlar”ga evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Avstraliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing