Eron dronlari Quvayt xalqaro aeroportiga hujum qildi (video)
Olam
−
28 fevral 10097 1 daqiqa
Bugun, 28 fevral kuni Quvayt xalqaro aeroporti Eron dronlari hujumiga uchradi, oqibatda bir necha xodim jarohat oldi. Bu haqda mamlakat Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi xabar qildi.
“Uchuvchisiz uchish aparati Quvayt xalqaro aeroportiga hujum qildi, buning oqibatida bir necha xodim yengil tan jarohati oldi, 1-terminalga cheklangan darajada moddiy zarar yetdi”, deyiladi X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotda.
Bungacha Quvayt o‘z havo hududini yopgan edi. Mamlakatda Isroil va AQSH zarbalariga Eronning javob qaytarishi fonida portlash tovushlari yangragan. Havo hujumidan mudofaa trevoga signallari ishlab ketdi. Shuningdek, butun Qatar bo‘ylab kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Mahalliy aholining telefonlariga zudlik bilan favqulodda vaziyat va uylaridan chiqmaslik, pana joylarga yashirinish zarurligi haqida xabarlar keldi.
Bundan oldin Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida portlashlar yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, BAA o‘z havo hududini yopgan. Besh yulduzli “Rixos Marina” mehmonxonasi yaqinidagi osmonda portlash izlari ko‘ringan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Bahraynda ham zarbalar davom etgan.
Live
Barchasi