Eron BMTni Isroil tajovuziga qat’iy javob berishga chaqirdi
Olam
−
14 iyun 2025 3661 1 daqiqa
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Isroilning Eronga nisbatan qilgan harakatlarini agressiya akti deb atab, Birlashgan Millatlar Tashkilotidan zudlik bilan javob qaytarishni talab qildi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish telefon orqali Eron vaziri bilan suhbatlashgan. Suhbat chog‘ida Aroqchi Isroil tomonidan Eronda amalga oshirilgan zarbalar tafsilotlarini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar harbiy bazalar, yadroviy ob’ektlar va turarjoylarga qaratilgan.
Aroqchi bunday harakatlar Eronning BMT a’zosi sifatidagi suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishini ta’kidlagan. U zarbalarni agressiya akti sifatida baholab, Eron BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq o‘zini mudofaa qilish huquqini saqlab qolishini bildirgan.
Eron TIV rahbari BMTni o‘z nizomiy majburiyatlari doirasida harakat qilishga, hujumlarni qoralashga va aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirgan.
Antoniu Guterrish esa vaziyatdan jiddiy xavotir bildirgani, hujumlarni qoralagani va BMT resurslarini keskinlikni pasaytirish hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni tiklash uchun safarbar qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning Eron yadroviy ob’ektlariga bergan zarbalaridan xavotir bildirib, tomonlarni bosiqlikka chaqirgandi.
Live
Barchasi