Eron bitta yadro quroliga yetadigan uranni boyitib bo‘ldi

Olam

image

Eron Islom Respublikasi joriy yilning sentyabr oyidan beri 60 foizga boyitilgan uran zaxiralarini 6,7 kilogrammgacha oshirdi. Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning hisobotiga tayanib, “Politico” gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Agentlik Eron sentyabr oyida xuddi shunday hisobot tayyorlaganidan keyin mavjud uran zaxiralarini ko‘paytirgan, deb hisoblaydi. Xususan, 22 oktyabr holatiga ko‘ra Eronda 62,3 kg miqdorda 60 foizga boyitilgan uran bor edi. Bu esa sentyabr oyiga nisbatan 6,7 kgga ko‘p demakdir. Shuningdek, Agentlik hisobotida mamlakatda boyitilgan uranning umumiy miqdori 3673,7 kilogrammni tashkil etgani va bu sentyabr oyidagiga nisbatan 267,2 kilogrammga kam ekanligi ko‘rsatilgan.

Yadro qurolini tarqatmaslik sohasidagi ekspertlarga ko‘ra, Eronda 60 foizgacha boyitilgan uranning hozirgi zaxiralari yana boyitish sharti bilan bitta yadroviy bomba ishlab chiqarish uchun yetarli.

Avvalroq, Eron gipertovushli raketa yaratgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Islom Respublikasi “Politico”

Baholaganlar

227

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing