Eron AQSHning asiriga aylanmaydi – Raisiy Baydenga javob qildi

Olam

image

Eron 43 yil oldin ozod qilingan va AQSHning asiriga aylanmaslik uchun qat’iy qaror qilgan. Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bugun, 4 noyabr kuni Demokratik partiyaning saylovoldi tadbirlaridan birida so‘zlagan nutqida “Eronni ozod qilishga” va’da bergan AQSH Prezidenti Jo Baydenning bayonotiga shunday javob qildi.

“Bir necha soat oldin Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti ehtimol e’tiborni chalg‘ituvchi holatda qilingan bayonot bilan chiqqanini bildim. “Eronni ozod qilamiz”, dedi. Eron 43 yil oldin ozod qilingan va sizning asiringizga tushmaslikka qat’iy qaror qildi”, deydi Raisiy 1979 yil 4 noyabr kuni Eronda sodir bo‘lgan voqealarga bag‘ishlangan Tehrondagi tadbirda so‘zlagan nutqida. 

Avvalroq Oq uy rahbari Erondagi norozilik namoyishlarini izohlar ekan, AQSH tez orada Eronni ozod qilishini aytgandi

"Ular tez orada o‘zlarini ozod qiladilar", dedi Bayden saylov kampaniyasi tadbirida kimningdir bu mavzuni muhokama qilish uchun qilgan qo‘ng‘irog‘iga javob berib. 

Amerika rahbari boshqa tafsilotlarni keltirmadi. 

Eronda yetti haftadan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Namoyishlar 22 yoshli Mahsa Aminining Eron axloq politsiyasi nazorati ostidagi o‘limi bilan alangalandi.

“Reuters”ga ko‘ra, eronliklarda 1979 yilgi Islom inqilobidan keyin muxolif va tanqidiy fikrlashga nisbatan qo‘rquv bor edi. Aminining o‘lim ortidan boshlangan namoyish eronliklar qo‘rquvni yengayotganini bildiradi.

2 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiylari ayollar huquqini buzayotgan va namoyishlarni shafqatsiz bostirayotgan Eronni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollar komissiyasidan chiqarib tashlamoqchiligini ma’lum qildi.

Eron rasmiylari esa AQSH va G‘arbni mamlakat ichida sodir bo‘layotgan voqealarni provokatsiya qilishda ayblab keladi.

Eronda har yili mart oyida yig‘iladigan Gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan komissiya to‘rt yillik vakolatini yaqinda boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing