Eron AQSHni tibbiy terrorizmda ayblamoqda
Olam
−
30 mart 2020
11339Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQSHni tibbiy terrorizmda aybladi. Vazir bunga sabab qilib, AQSH pandemiya vaqtida sanksiyalarni olib tashlamaganini ko‘rsatmoqda.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Eronga qarshi "tibbiy va iqtisodiy terrorizm"dan foydalanmoqda. Xususan, u rasmiy Vashingtonning maqsadini Eronga o‘z aeroflotidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik va COVID-19 ga qarshi kurashda qiyinchiliklarga uchratish, deb atadi. Zarif bunday harakatlarni insoniyatga qarshi jinoyat deya, AQSHni xalqaro yordamlarni yetkazib berishda xalaqit bermaslikka chaqirdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 26 mart kuni Rossiya, Xitoy, Eron, Kuba, Suriya, Nikaragua, Venesuela va KXDR BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishni bir qator davlatlardan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashga to‘sqinlik qiladigan sanksiyalarni olib tashlashni talab qilishga chaqirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan bog‘liq 38 309 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 2 640 nafari vafot etgan, 12 391 nafari esa sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi