Eron AQSH vakillari bilan uchrashmaydi – Baqoiy

Olam

image

Eron AQSH vakillari bilan uchrashmasligini bildirdiVashington va Tehron o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishish arafasida Eron rasmiylari AQSHning yuqori darajali vakillari bilan yaqin kunlarda hech qanday uchrashuv o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Eron tomonining ta’kidlashicha, muzokaralarning keyingi bosqichiga o‘tishdan oldin ikki davlat ikki hafta avval imzolagan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining shartlari to‘liq kelishib olinishi lozim. Shundan keyingina Eron yadro dasturiga ehtimoliy cheklovlar kabi murakkab masalalar muhokama qilinishi mumkin.

Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner hamda maxsus vakil Stiv Uitkoff Qatar poytaxti Dohaga muzokaralar uchun yetib kelgan. Oq uy bu uchrashuvlarni “yuqori darajadagi muloqotlar” deb atagan. 

Biroq Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy yaqin kunlarda Amerika tomoni bilan hech qaysi darajada uchrashuv rejalashtirilmaganini bildirgan.

Qatar ham AQSH vakillari Eron delegatsiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki vositachilar orqali muloqot qilishini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Qatar Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan uchrashgan. 

Qatar Tashqi ishlar vazirligi vakili Majid al-Ansoriyning aytishicha, tomonlar o‘rtasida texnik darajadagi muzokaralar boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSH bilan rejalashtirilgan texnik muzokaralarni ham bekor qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing