Eron AQSH bilan texnik muzokaralarni bekor qildi

Olam

image

Kecha, 28 iyun kuni Eron AQSH bilan rejalashtirilgan texnik muzokaralarni bekor qildi. Bu haqda Eron Oliy rahbari devonining sobiq a’zosi Habibullo Fazoiliy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarning bekor qilinishiga ikki omil sabab bo‘lgan. Birinchisi AQSH va Eron o‘rtasida so‘nggi kunlarda yuz bergan o‘zaro harbiy zarbalar bo‘lsa, ikkinchisi Tehron tomonidan ilgari surilgan ayrim shartlar, jumladan, muzlatib qo‘yilgan mablag‘larni qaytarish masalasining hal etilmaganidir.

So‘nggi kunlarda AQSH Eronni Hormuz bo‘g‘ozida bir nechta kemaga hujum uyushtirganlikda ayblab, mamlakat hududiga zarbalar bergan. Tehron esa bunga javoban Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy bazalariga hujum qilgan.

Shu bilan birga, “Axios” nashrining xabariga ko‘ra, AQSH va Eron o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishib olgan. Manbalarga ko‘ra, tomonlar 30 iyun kuni Qatar poytaxti Dohada uchrashib, Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalar qatnovi bilan bog‘liq nizoni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH harbiylari Hormuz bo‘g‘ozida neft tashuvchi tankerga hujum qilinganidan bir necha soat o‘tib, Eron hududiga yana zarba berganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing