Eron AQSH sanksiyalarini qoraladi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vazirligi so‘zlovchisi Ismoil Bagay AQSH Moliya vazirligining Eron neftini Xitoyga yetkazib berishga yordam bergan shaxslar, yuridik shaxslar va kemalarga nisbatan sanksiyalar joriy etish haqidagi qarorini keskin qoraladi. Bu haqda IRNA xabar berdi.

U AQSHning Eron neft sanoatiga qarshi yangi sanksiyalarini mutlaqo asossiz va xalqaro qoidalar hamda standartlarga zid deb atadi.

“AQSH yangi ma’muriyatining Eronning o‘z iqtisodiy sheriklari bilan qonuniy savdosiga to‘sqinlik qilish orqali Eron xalqiga bosim o‘tkazish qarori Oq uy ma’muriyati uchun xalqaro javobgarlikni keltirib chiqaradigan noqonuniy va buzuvchi harakatdir”, degan u.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Eron bu kabi bir tomonlama harakatlar oqibatlari uchun AQSHni javobgar deb hisoblaydi.

Qo‘shma Shtatlar kecha, 6 fevral kuni Eronning neft sanoatiga qarshi yangi sanksiyalar kiritgan edi.

“Qo‘shma Shtatlar Eronning buzg‘unchi va beqarorlashtiruvchi xatti-harakatlariga toqat qilmaydi va bugun noqonuniy daromadlarni Eron harbiylariga o‘tkazuvchi xalqaro tarmoqni sanksiya qilmoqda. Bu tarmoq Eron Bosh shtabini o‘zining oldingi kompaniyasi Sepehr Energy orqali moliyalash uchun Xitoyga millionlab barrel Eron neftining noqonuniy jo‘natilishiga yordam beradi”, deya bayonot bergan edi AQSH Moliya vazirligi.

Vashington, shuningdek, Eronning Xitoyga neft tashishda foydalanilayotgan “soya floti”ga qarshi ham sanksiyalar joriy qilmoqda. Amerika Moliya vazirligi, shuningdek, Eron neftdan tushgan daromadlarni yadroviy dasturini moliyalashtirish va qo‘shni mamlakatlardagi terrorizmni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatayotgani, shu sababli Tehronga qarshi sanksiyalar davom etayotganini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Wall Street Journal” nashri Eron Xitoydan 1000 tonnadan ortiq kimyoviy moddalar import qilishga tayyorlanayotgani, ushbu moddalar 960 tonna ammiak perxloratiga aylantirilishi mumkinligi, ular esa ballistik raketalar uchun qattiq yoqilg‘i ishlab chiqarishning asosiy komponentlaridan biri hisoblanishi haqida yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Neft' sanktsiyalar Ismoil Bagay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing