Eron AQSH konsulligi yaqiniga raketalar bilan hujum qildi (video)

Olam

image
AQSH va Buyuk Britaniya husiylarga zarba berdi (video) north_east

AQSH va Buyuk Britaniya husiylarga zarba berdi (video)

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Iroq va Suriyadagi “josuslik markazlari” va “Eronga qarshi terrorchilik guruhlari joylashgan nuqtalar”ga zarbalar berdi. Bu haqda bugun, 16 yanvarga o‘tar kechasi “Mehr” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ballistik raketalar yordamida Iroq Kurdistoni avtonom mintaqasidagi “Mossad” josuslarining shtab-kvartirasiga zarba berilgan.

Shu bilan birga, Iroq Kurdistoni markazi Erbil shahridan 40 km shimoli-sharqda joylashgan AQSH konsulligi yaqinida bir necha portlash sodir bo‘lgan.

“Reuters”ning yozishicha, portlash oqibatida to‘rt nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan, olti kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlar orasida kurd millioner tadbirkori Peshrav Dizay va uning bir necha oila a’zolari ham bor. Bundan tashqari, bitta raketa kurd razvedkasining yuqori martabali zobitining uyiga, yana biri kurd razvedka xizmatlari markaziga kelib tushgan. 

AQSH rasmiylariga ko‘ra, Eron zarbasi oqibatida amerikalik fuqarolardan hech kim jabrlanmagan.

“Erbildagi aeroport ishlamay qoldi. G‘arb koalitsiya kuchlari uning ustida uchta dronni urib tushirdi”, deb xabar bermoqda ABC News.

Bundan tashqari, Suriyaning Idlib viloyatidagi ISHID terrorchilik guruhining nishonlariga hujum qilingan.

Eron tomoni mazkur zarbalar “terrorchilarning yaqinda sodir etilgan vahshiyliklariga javoban” amalga oshirilganini bildirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Eronning Kirmon shahridagi qabristonda portlashlar sodir bo‘lgandi. U yerda 2020 yilda o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniy xotirasiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tayotgandi. 90 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Hujum uchun mas’uliyatni ISHID o‘z zimmasiga oldi, biroq Tehron Isroil va AQSHni portlashlarga aloqadorlikda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya Eron Iroq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing