Eron AQSH kemalariga hujum qilishga tayyor

Olam

image

Eron Islom Respublikasi Qurolli kuchlari mamlakat xavfsizligiga tahdid solsa AQSHning kemalariga hujum qiladi. Bu haqda Islom inqilob posbonlari korpusi (IIPK) qo‘mondoni Husayn Salamiy ma’lum qildi.

“Biz dengiz flotiga buyruq berdik. Agar AQSHning biron harbiy kemasi bizning xavfsizligimizga tahdid solsa, unga hujum qilinadi”, deydi Husayn Salamiy.

Salamiyning so‘zlari AQSH prezidenti Donald Trampning bayonotiga reaksiya bo‘ldi. Amerika yetakchisi kecha, 22 aprel kuni mamlakat dengiz flotiga Amerika kemalariga xalaqit beradigan har qanday Eron kemalarini yo‘q qilishni buyurganini aytgandi.

IIPK qo‘mondonining aytishicha, Eron milliy xavfsizligi va suv chegaralarini himoya qilishga qat’iy qaror qildi. Salamiy har qanday harakatga javob berilishini aytib o‘tdi.

“Har qanday harakatga tez va aniq javob beriladi. Amerikaliklar bizning javob harakatlarimizni avvallari boshdan kechirishgan“, deydi Salamiy.

Ma’lumot uchun, AQSH harbiy-dengiz flotining matbuot xizmati bayonotga ko‘ra, joriy yilning 15 aprel kuni Islom inqilobi posbonlari korpusining harbiy kemalari Fors ko‘rfazidagi AQSHning bir nechta harbiy kemalari yaqinida taktik mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Ta’kidlanishicha, Eron kemalari 9 metrgacha bo‘lgan masofada Amerika kemalariga yaqinlashgan.

Islom inqilobi posbonlari korpusi 19 aprel kuni AQSHning Fors ko‘rfazidagi har qanday nojo‘ya harakatlariga javob berishga tayyorligini bildirdi. Hozirda ushbu ko‘rfazda ikki davlat harbiy kemalarining faolligi kuzatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Islom inqilobi posbonlari korpusi Eron-AQSh

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing