Eron Afg‘oniston orqali O‘zbekistonga yangi tranzit yo‘lagini ochdi

Olam

image

Eron Afg‘oniston orqali O‘zbekistonga yangi transport yo‘lagini ishga tushirdi. Kecha, 13 avgust kuni Eron mahsulotlarining birinchi partiyasi O‘zbekistonga yuborilgan. 

Afg‘oniston transport vazirligi vakili Hekmatulloh Kavanjning so‘zlariga ko‘ra, yangi yo‘nalish xalqaro yuk tashish bo‘yicha “Transports International Routiers” konvensiyasiga binoan ochilgan. Uning ta’kidlashicha, birinchi jo‘natma choy va avtomobilm shinalaridan iborat bo‘lgan. 

Kavanjning qo‘shimcha qilishicha, xuddi shu konvensiyaga binoan Erondan Qirg‘iziston va Tojikistonga tijorat yuklari yuborilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda tovarlar Afg‘oniston hududida turibdi. 

U tranzit yuklarni rivojlantirish transport bo‘limining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlagan. 

O‘z navbatida Eron bojxona tranzit kompaniyasi bosh direktori Mostafo Ayati Afg‘oniston orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga tranzit yo‘lagi savdo-sotiqni rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Eron

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing