“Eron hech qachon g‘olib bo‘lmagan”: Tramp Sulaymoniy o‘limiga munosabat bildirdi
Olam
−
03 yanvar 2020
10466AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron Islom Inqilobi posbonlari korpusining “Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga ilk bor munosabat bildirdi.
Dastlab Tramp Eron hech qachon urushda g‘olib bo‘lmagani, ammo shu bilan birga muzokaralardagi muvaffaqiyatsizliklarga ham chiday olmasligini yozdi. Biroq bu nimani anglatishiga izoh bermadi.
Keyinroq Donald Tramp Sulaymoniyni millionlab odamlar, jumladan amerikaliklarning o‘limida aybladi.
“U to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita millionlab kishilarning, jumladan, Eronning o‘zida yaqinda namoyishlar vaqtida o‘ldirilgan odamlar hayoti uchun javobgar. General Qosim Sulaymoniy uzoq vaqt davomida minglab amerikaliklarni jiddiy jarohatladi yoki o‘ldirdi. Asosiysi bundanda ko‘prog‘ini o‘ldirishni rejalashtirgandi... ammo qo‘lga tushdi!”, degan Tramp Twitter`dagi sahifasida.
Tramp so‘zida davom etib, Sulaymoniy mamlakat ichkarisida ham xavfli hisoblanganini iddao qilgan.
“Eron buni tan olmas, ammo Sulaymoniyni yoqtirishmagan va mamlakat ichida undan qo‘rqishgan. Yetakchilari dunyoga o‘zini ko‘rsatayotgan darajada hafa emas. U ko‘p yillar ilgari chetlatishili kerak edi”, degan Tramp
Eslatib o‘tamiz, bugun Bag‘doddagi aeroportga havo hujumi vaqtida Sulaymoniy va Iroq shia muxoliflari yetakchisining o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandisning yo‘q qilingani ma’lum bo‘ldi. Ularni yo‘q qilish operatsiyasiga buyruqni shaxsan Donald Tramp tomonidan berilgani aytildi.
Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy Sulaymoniy o‘ldirilgani uchun qasos olishga va’da berdi. Oliy rahnamo Sulaymoniyning o‘rniga uning o‘rinbosari Ismoil Qoonini “Quds” bo‘linmasi rahbari etib tayinladi.
Sulaymoniy o‘ldirilgani haqidagi xabar tarqalgach, eronliklar unga hurmat bajo keltirish uchun shahar ko‘chalariga chiqdi. Namoyishga chiqqanlar qo‘lida marhum generalning suratini ko‘tarib, Amerikaga qarshi shiorlar bilan harakatlandi.
LiveBarchasi