Eron harbiy salohiyatini kutilganidan tezroq tiklamoqda – CNN

Olam

image

Eron o‘z Qurolli kuchlarini va qurol-yarog‘ ishlab chiqarish tizimini AQSH kutganidan ancha tezroq tiklamoqda. Bu haqda AQSH razvedkasi ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.

“Eron Qurolli kuchlari dastlab taxmin qilinganidan ancha tezroq tiklanmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, joriy yilning aprel oyida boshlangan olti haftalik sulh (otashkesim) davrida Eron uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaradigan korxonalarining bir qismi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

“AQSH ba’zi maxsus xizmatlarining baholashicha, Eron dronlar yordamida zarba berish salohiyatini atigi olti oy ichida to‘liq tiklab olishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Bungacha Eron parlamenti spikeri Muhammad-Boqir G‘olibaf Eron Qurolli kuchlari AQSH bilan tuzilgan sulhdan o‘z imkoniyatlarini qayta tiklash uchun juda unumli foydalanganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Isroil joriy yilning 28 fevral kuni Eron hududidagi ob’ektlarga zarba berishni boshlagan edi. Ushbu tajovuz qurbonlari soni 3 ming kishidan oshib ketdi. Vashington va Tehron 8 aprel kuni o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qildi. Shundan so‘ng Islomobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiz yakunlandi. Jangovar harakatlar qayta boshlangani haqida xabar berilmagan bo‘lsa-da, Qo‘shma Shtatlar Eron portlarini blokada qilishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron harbiy salohiyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing