Ermatov boshchiligidagi o‘zbek futbolining mashhur vakillari Sardobaga yordam ko‘rsatdi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbek futboli vakillari Sirdaryo viloyatida yuz bergan Sardoba fojiasidan ziyon ko‘rgan oilalar holidan xabar oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xayriyada O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hamda yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilari Timur Kapadze va Azizbek Haydarov ishtirok etgan.

“Ushbu vaziyatga befarq bo‘lmagan futbolchi va murabbiylar tomonidan katta miqdorda pul mablag‘lari xayriya qilindi. Bugun futbolimiz vakillari ushbu pul mablag‘lari va oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechaklardan iborat xayriya yuklarini 300 ta oilaga tarqatishdi”, deyiladi vazirlik bergan xabarda.

Bundan tashqari, o‘zbek futboli vakillari sardobalik aholi bilan uchrashib, ularga ruhiy dalda bergan.

Ta’kidlanishicha, ushbu xayriya jarayonida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari hamda legioner futbolchilarning hissasi katta.Shuningdek, mahalliy murabbiylar va futbolchilar ham jabrlangan oilalarga yordam ko‘rsatishda faol bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ravshan Ermatov Sardoba

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing