Erkinjon Turdimovning ukasi yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
14 Oktabr 17331 1 daqiqa
Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning ukasi Shavkatjon Turdimov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Turdimov Shavkatjon Oqbo‘tayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar Turdimov ushbu departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan
Qayd etish joiz, Shavkatjon Turdimov 1980 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, 2006 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining sobiq hokimi Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov hokimlik tizimiga ishga qaytgandi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi