Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Erkinjon Turdimov o‘ziga yana bir yangi o‘rinbosar tayinladi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Faxriddin Baxtiyorovich Qo‘shoqov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Faxriddin Qo‘shoqov mazkur tayinlovga qadar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Fevral oyi boshida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ marketing va servis xizmatlari bo‘yicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan Alisher Bo‘riyevich Xidirov Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Turdimov Samarqanddagi matbuot kotibi Manuchehr Boborahimovich Mirzayevni chaqirib oldi va uni Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinladi.  Shuningdek, Abror Xidirov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Erkinjon Turdimov Faxriddin Qo'shoqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing