Erining ukasi tomonidan pichoqlangan ayol himoyaga olindi
Jamiyat
−
10 fevral 2019 14735 1 daqiqa
Xotin-qizlar qo‘mitasi qayni ukasi tomonidan pichoqlangan homilador ayolni o‘z himoyasiga oldi. Bu haqda Qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilingan.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘layotgan qayni ukasi tomonidan 16 marta pichoq urilgan homilador ayolning sud jarayonida ishtirok etishni maqsadga muvofiq deb topgan.
Unga ko‘ra, Xotin-qizlar qo‘mitasi vakili jamoatchi himoyachi sifatida qatnashib, ayolning qonuniy huquqlarini himoya qiladi.
Yuz bergan hodisa oqibatlari mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi, mo‘’jiza bilan ona ham homila ham saqlab qolindi. 14 fevral kuni ayol kesarcha kesish orqali farzandini dunyoga keltiradi.
Sud o‘z qarorini 12 fevral kuni e’lon qiladi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr