Erik ten Xag “Yunayted”da 8 yillik antirekordni takrorladi

Sport

image

“Manchester Yunayted” Erik ten Xag qo‘li ostida 2014 yildan beri birinchi marta Angliya Premer ligasining birinchi turida mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda “Opta” statistika kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2014 yilda Lui van Gal “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatidagi debyut uchrashuvida mag‘lub bo‘lgandi. Keyin esa “qizil iblislar” Angliya chempionatining yangi mavsumi startida “Suonsi”ga yutqazgan edi. Biroq 2014-2015 yilgi mavsum yakunida “Manchester Yunayted” to‘rtinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan va Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishga erishgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” APLning yangi mavsumdagi ilk uchrashuvida "Brayton”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuv Manchester shahridagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tdi va mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Angliya chempionatining navbatdagi turida “Manchester Yunayted” “Brentford” bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 13 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Erik ten Xag “Manchester Yunayted” “Opta”

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing