Erik ten Xag bir shart bilan Ronalduning ketishiga rozi bo‘ladi
Sport
−
15 avgust 2022
5206Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga munosabatini qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik murabbiy Ronalduning “Yunayted”dan ketish istagiga qaramay, uning jamoada qolishini istagandi. Chunki ten Xag portugaliyalik hujumchi hali ham jahon darajasidagi to‘purar ekanligiga ishonadi.
Qayd etilishicha, Ronaldu “qizil iblislar”ning bazasiga qaytgach, mashg‘ulotlarga qo‘shilib ketishga qiynalgan. Sababi u “Yunayted”ning mavsumoldi turnesini o‘tkazib yubordi. Krishtianu ko‘pincha Manchester klubi bazasida yolg‘iz tushlik qilgan, mashg‘ulotlarga jiddiy qaramagan va murabbiy kiritayotgan yuqori bosimda o‘ynash g‘oyasiga e’tiroz bildirishga harakat qilgan. Shuning uchun, ten Xag bundan buyog‘iga Ronalduning ketishiga qarshilik ko‘rsatmaydi. Faqatgina uning o‘rniga transfer oynasi yopilguncha boshqa hujumchi olib kelinishi kerak.
Ma’lumot uchun, ten Xag boshchiligidagi “Manchester Yunayted” Angliya Premer ligasining joriy mavsumini o‘ta omadsiz boshladi va ortda qolgan ikkita turda bir ochko ham jamg‘ara olmadi. Natijada, “qizil iblislar” musobaqa jadvalining oxirgi o‘rniga tushib ketdi.
LiveBarchasi