Eri bilan Samarqandga kelgan Emina Erdo‘g‘anni Mirziyoyeva zeriktirib qo‘ymadi

Olam

image

O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an bilan Samarqand shahrini aylandi. Bu haqda Turkiya Birinchi xonimi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

“O‘zbekistonning qadim Samarqand shahrida xonim Ziroat Mirziyoyeva bilan Konigil qog‘oz fabrikasini ziyorat qildik.

Ikki ming yil davomida buzilmagan holda saqlanib qolgan Samarqand qog‘ozining sarguzashtlari hayrat uyg‘otadi.

“Barhayot o‘zbek qishloq muzey”ida esa hamon saqlanib qolgan ajdodlardan qolgan odatlarni ko‘rish va tanishishga muyassar bo‘ldim. Vaqtga qarshi turadigan bu maskan ham tabiat bilan chambarchas bog‘langan”, deydi Emina Erdo‘g‘an.

Turkiya Birinchi xonimi Samarqand ming yillar davomida  g‘arb va sharqni birlashtirgan Samarqand madaniya hazina o‘laroq yashab qolayotganini qayd  etgan.

Sayohat davomida Ziroat Mirziyoyeva Emina Erdo‘g‘anni Samarqand noni bilan mehmon qilgan. Birinchi xonimlar mato to‘qish fabrikasida ham bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Samarqanddagi sammitga turmush o‘rtog‘i bilan kelgan yagona davlat rahbari bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Emina Erdo'g'an Ziroat Mirziyoeva

Baholaganlar

625

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing