Ergashevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
14 aprel 2023 9731 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini joriy yilning 3 iyun kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ergashev ishtirokidagi bo‘lajak bahs AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Uning raqibi hozircha noma’lum, biroq Ergashevga IBF reytingida kuchli o‘nlikdan joy olgan bokschilardan biri raqiblik qiladi.
Ta’kidlash joiz, hozirgi vaziyatda Ergashev britaniyalik Jek Ketterolga qarshi Eliminator jangida ishtirok etishi kerak, biroq Ketterol o‘zbekistonlik bokschiga qarshi ringga chiqishni paysalga solmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shohjahon Ergashev QALAMPIR.UZ'ga intervyu berib, o‘zi bilan bog‘liq qator masalalarga oydinlik kiritgandi. Bokschi ijtimoiy tarmoqlarda Shahram G‘iyosov bilan “videojanglar”dan foyda yo‘qligini, yaxshisi masalani tezroq ringda hal qilish kerakligini ta’kidlagandi.
Live
Barchasi