Ergashev jang qiladigan oqshomning asosiy kardi e’lon qilindi

Sport

image

Joriy yilning 25 noyabr kunida o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBF) kamari uchun puerto-rikolik Sabriel Matiasga qarshi ringga ko‘tariladi. AQSHning Las-Vegas shtatida o‘tkaziladigan boks kechasining markaziy jangi -76,2 kg da WBC Interim kamari uchun amerikalik bokschilar David Benavides va Demetrius Andrade o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

“Michelob Ultra Arena” mezbonlik qiladigan turnirda WBA Regular kamari uchun ikkinchi yarim yengil vaznda dominikanlik Ektor Luis Garsiya amerikalik Lamont Rouchga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Hozircha asosiy kardning 4 ta jangi e’lon qilingan. 25 noyabrga qadar yana bir nechta to‘qnashuvlar karddan joy olishi kutilmoqda. 

Asosiy kard ro‘yxati:

-76,2 kg WBC Interim kamari: David Benavides  - Demetrius Andrade;
-72,57 kg: Jermell Charlo  - Xose Benavides;
-63,5 kg IBF kamari: Sabriyel Matias - Shohjahon Ergashev;
-58,9 kg WBA Regular kamari: Ektor Luis Garsiya  - Lamont Rouch;
-66,6 kg: Vito Miyelnitski - Daniel Buchiuch.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Sabriel' Matias David Benavides

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing