Ergashev pastladi, G‘iyosov esa ko‘tarildi. Yangilangan IBF reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) dekabr oyi uchun reytingi ma’lum bo‘ldi.

Tez orada chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladigan o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov hozircha ushbu reytingni tark etdi. Shahram G‘iyosov esa reytingga qayta kiritildi.

Super yengil vazn toifasida Shohjahon Ergashev besh pog‘ona pastlab, 8-o‘rindan joy oldi. Shuningdek, super yarim o‘rta vazn toifasida Isroil Madrimov ham 4 pog‘onaga pastlab, 11-o‘rinda qayd etilgan.

O‘zbekistonlik bokschilarning reytingi:

Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev 3-o‘rin;
Super yengil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 8-o‘rin;
Yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 15-o‘rin;
Super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) Isroil Madrimov 11-o‘rin.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov boks Isroil Madrimov Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made