Ergashev-G‘iyosov jangi bo‘ladimi? Madrimov javob berdi

Sport

image

Professional boksda tobora o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Isroil Madrimov Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov o‘rtasidagi ehtimoliy to‘qnashuv haqida fikr bildirdi. 

Shohjahon Ergashev 2022 yilning dekabr oyida G‘iyosovga qarshi jang uning faoliyatidagi eng osoni bo‘lishini aytgandi. 

“Bu anchadan buyon diqqat markazida bo‘lib turgan mavzu hisoblanadi. Bu jang borasida aniq bir nima deya olmayman. Ergashev-G‘iyosov to‘qnashuvi o‘tkazilmaydi deb o‘ylayman, chunki ikkala bokschi hali chempion bo‘lgani yo‘q. Bu jang muxlislarga kerak bo‘lishi mumkin, lekin promouterlarga kerak emas. Men Shahram G‘iyosov bilan bitta jamoada mashg‘ulot qilaman. Bizning jamoaga Ergashev- G‘iyosov bahsi kerak emas. Shahram akani boshqa muhim janglar kutib turibdi”, deydi Madrimov.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov profboksda umumiy 13 ta jang o‘tkazib, barcha janglarda g‘alaba qozongan. Ergashev esa profboksda G‘iyosovga qaraganda ko‘proq tajribaga ega. 31 yoshli sportchi 19 ta bahsda ringga ko‘tarilib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Madrimov Ergashev-G'iyosov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing