Erdo‘g‘an saylovda yutqazadi – Imomo‘g‘li
Olam
−
02 mart 2023
13031Istanbul hokimi va Turkiyada bo‘lajak prezidentlik saylovlarida muxolifatning ehtimoliy nomzodlaridan biri Ekrem Imomo‘g‘li kecha, 1 mart kuni Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an kutilayotgan saylovda g‘alaba qozona olmasligini aytdi. U bu fikrini “Habertürk” telekanaliga bergan intervyusida bildirgan.
“Men o‘z burchini eng yaxshi tarzda bajaradigan mer bo‘lishga intilaman. Oltita [muxolifat partiyasi] yetakchilari qabul qilgan qaror doirasida ishlayman. O‘ylaymanki, [Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hukumati] saylovlarda g‘alaba qozona olmaydi. [Muxolifat] nomzodi kim bo‘lishidan qat’i nazar, biz saylovda g‘alaba qozonamiz”, deydi Imomo‘g‘li prezidentlikka nomzod bo‘lishni xohlaysizmi degan savolga.
Mart oyi oxirigacha Turkiya muxolifati birlashgan muxolifatdan prezidentlik saylovida qatnashadigan nomzodni tasdiqlashi kutilmoqda. Ayni paytda Turkiya matbuoti eng ko‘p nomzod o‘tgan saylovlarda Erdo‘g‘anni mag‘lub eta olmagan asosiy muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.
Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14 mayga belgilangan, biroq mamlakat janubi-sharqidagi vayronkor zilzilalar tufayli bu sana Oliy saylov komissiyasi tomonidan hali tasdiqlanmagan.
LiveBarchasi