Erdo‘g‘anning shashti baland. U Putin va Zelenskiy bilan qat’iy gaplashib olmoqchi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish istagida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Men Putin va Zelenskiy bilan qat’iy muzokaralar olib borishga qaror qildim. Men ularga bizning maqsadimiz ularning uchrashuvini imkon qadar tezroq tashkil etish ekanligini aytaman. Umid qilamanki, biz Putin va Zelenskiy uchrashuvining sanasini kelishib olamiz, biz uni tashkil qilishga tayyormiz”, deydi Erdo‘g‘an.

Bundan tashqari, Turkiya rahbari Anqara Ukraina xavfsizligi kafolati bo‘lmish davlatlardan biriga aylanishga tayyorligini aytgan. 

“Turkiya Ukraina xavfsizligining kafillaridan biriga aylanishga tayyor. Biz bunday tashabbusni ijobiy qabul qilamiz, ammo bu taklifni batafsil tahlil qilish zarur”, deydi u.

Avvalroq, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Rossiya va Ukraina diplomatlari rahbarlari Ukraina bo‘yicha navbatdagi uchrashuv o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir. 

Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida ishtrok etgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ko‘ra, Ukraina tomoni Moskvaning neytral bo‘lish, yadroviy mamlakatga aylanmaslik, boshqa mamlakatlarning harbiy bazalarini kiritmaslik va qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarish yuzasidan yozma hujjat taqdim etgan.

Uchrashuvdan keyin Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Rossiya va Ukraina muzokaralaridan qoniqmaganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing