Erdo‘g‘anning Rossiyaga safari chog‘ida Turkiyani kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
04 Sentabr 2023
11189Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz mamlakat yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Rossiyaga tashrifi chog‘ida respublika prezidenti vazifasini bajaradi. Bu haqdagi tegishli farmon imzolanib, hukumat gazetasi “Resmi Gazete”da chop etildi.
Bugun, 4 sentyabr kuni Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Sochiga boradi. Turkiya Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga muvofiq, vitse-prezident davlat rahbari qaytib kelguniga qadar mamlakat prezidenti vazifasini bajaradi.
2023 yil iyunigacha sobiq vitse-prezident Fuat Oktay odatda bu vazifalarni bajarardi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15