Erdo‘g‘anning odami rus-ukrain muzokaralari tiklanishiga shama qildi
Olam
−
08 Oktabr 2022
3506Turkiya Prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalinning fikricha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar qayta tiklanishi mumkin. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Kalinning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokara jarayonining to‘xtatilishi oldindan taxmin qilingan edi. Shu bilan birga, “muzokaralar, ehtimol, u yoki bu nuqtada qayta boshlanadi”, deydi u.
“Masala shundaki, qachon qaytamiz va bu vaqtgacha qancha zararetkazilgan bo‘lishida”, deydi Kalin.
Shu bilan birga, u rasmiy Anqara Rossiya tomoni “G‘arb bilan yangi bitim tuzishga” umid qilyapti deb hisoblayotganini aytgan.
“Shubhasiz, bu qisman Ukrainaga ham tegishli. Ammo kattaroq masala haqiqatda Rossiya va G‘arb dunyosi o‘rtasidagi kelishuvdir”, deydi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning matbuot kotibi.
Qayd etish kerakki, Zelenskiy 4 oktyabr kuni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan muzokara olib borish mumkin emasligi haqidagi qarorini kuchga kiritdi. Tegishli farmon Ukraina prezidenti devonining saytida e’lon qilindi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu qarorni sharhlar ekan, muzokaralar uchun ikki tomon zarur, shuning uchun Rossiya Ukrainaning amaldagi yoki keyingi prezidentining Moskva bilan muloqot bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishini kutishini aytdi.
30 sentyabr kuni Vladimir Putin Ukrainaning to‘rt viloyatini anneksiya qilishga bag‘ishlangan marosimda Kiyevni muzokaraga qaytishga chaqirgandi. Biroq u bosib olingan to‘rt viloyatni qaytarish masalasini muhokama qilmasligini qo‘shimcha qilgandi.
LiveBarchasi