Erdo‘g‘anning kuyovi dunyo urush maydoniga yangi qiruvchi samolyotni kirityapti
Texnologiya
−
15 iyun 2022
32461“Baykar Teknoloji” lideri Selchuk Bayroqdor Turkiyaning yangi jangovar harbiy samolyoti – “Qizil olma”ning bo‘yoqdan chiqqan tayyor holati suratini e’lon qildi.
“Qizil olma” – Turkiyada joylashgan uchuvchisiz havo vositalari ishlab chiqaruvchisi “Baykar Teknoloji” tomonidan dizayn va ishlab chiqish ishlari davom etayotgan turbofan dvigatelli uchuvchisiz qiruvchi samolyotdir.
Texnologiyaning jadal rivojlanishi bilan parallel ravishda, kelajakdagi havo janglari uchuvchisiz jangovar samolyotlar bilan amalga oshirilishi, mudofaa doktrinalari kundan-kunga tez o‘zgarib borishi taxmin qilinmoqda. Shu nuqtai nazardan, “Baykar Teknoloji” tomonidan milliy va maxsus ishlab chiqilishida davom etayotgan “Bayraktar Kizilelma” jangovar uchuvchisiz samolyot tizimi kelajakning jangovar konsepsiyasiga mos keladi.
Qayd etilishicha, “Baykar Teknoloji” tomonidan ishlab chiqilgan va dunyoni o‘zgartirgan “Bayraktar” uchuvchisiz havo kemasi yoki jangovar uchuvchisiz havo kemasi tajribasiga asoslangan jangovar uchuvchisiz samolyot tizimi kelajak texnologiyalari bilan jihozlangan holda xizmat qiladi.
Agressiv manyovrlar bilan havo janglarini o‘tkaza oladigan “Bayraktar Kizilelma” past radar kesimi bilan xavfsizlik kuchlari uchun kuch ko‘paytiruvchi bo‘ladi. Qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklariga ega bo‘lgan kemalardan havoga ko‘tarilish va qo‘nish qobiliyatiga ega bo‘lgan “Bayraktar Kizilelma”, korpus ichida olib yuradigan o‘q-dorilari bilan belgilangan nishonlarga hujum qila oladi.
Parvoz samaradorligining asosiy mezonlari
Ishlash radiusi: 926 km
Uchish balandligi: 10668 metr
Havoda turish qobiliyati: 5 soat
Maksimal havoga ko‘tarilish og‘irligi: 6 tonna
Tovush tezligi: 0,6
Yuk (raketalar) ko‘tarish qobiliyati: 1500 kilogramm
Kengaytirilgan xususiyatlar
Avtomatik qo‘nish va uchish;
Radarda kam ko‘rinish;
Yuqori manyovr imkoniyati;
Yaqin va uzoq masofadan aloqa;
Qisqa uchish-qo‘nish yo‘lagi mavjud samolyot tashuvchi (kema)lardan uchish va qo‘nish qobiliyati;
AESA Radar bilan yuqori vaziyatdan xabardorlik.
Ekipaj: 0
Uzunligi: 13 metr
Bo‘yi: 3,5 metr
Qanot kengligi: 11 metr
Dvigatel: 1 × Ivchenko-Progress AI-25TLT, yondirgichsiz turbofanli dvigatel
Yonuvchansiz harakatlanish: 1 × 16,86 kilonevton (3,790 lbf)
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Bayraktar TB2 dronlari 2019 yil iyun oyida Liviyada, 2020 yil martda Suriyada, 2020 yil iyun oyida Tog‘li Qorabog‘ urushida qo‘llanilgandi. Fevral oyi oxiri, mart oyi boshlarida Rossiya hujumi ostida qolgan Ukraina ham ushbu uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalandi.
LiveBarchasi