Erdo‘g‘anning korteji avtohalokatga uchradi. Qurbon bor

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning korteji avtohalokatga uchradi, oqibatda xavfsizlik xizmati xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda kecha, 13 mart kuni Erdo‘g‘anning o‘zi Mardin shahridagi mitingda aytib o‘tdi.

“Shirnakdagi mitingimizdan keyin sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida politsiyachi Firat Dere bugun halok bo‘lganiga hamdardlik bildiraman”, dedi Turkiya rahbari 

Erdo‘g‘an jarohat olgan boshqa xodimlarga ham tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.

IHA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya janubi-sharqidagi Shirnak viloyatida sodir bo‘lgan avtohalokatda bir politsiyachi halok bo‘lgan, yana uch kishi jarohatlangan, ulardan ikki nafari politsiyachi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat Erdo‘g‘an kortejidagi avtomobillar va qurilish materiallarini olib ketayotgan yuk mashinasining to‘qnashuvi tufayli sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Anqaraning Go‘lboshi tumanida Sudan Prezidenti Abdulfattoh al-Burhonning o‘g‘li Muhammad  al-Burhon Rahmon mototsiklda ketayotgan vaqtida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, og‘ir yaralangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an kortej

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing