Erdo‘g‘anni Bayden ham tabrikladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 28 may kuni Turkiyada prezidentlik saylovining ikkinchi turida g‘alaba qilgan Rajab Toyib Erdo‘g‘anga dunyo yetakchilari tomonidan tabriknomalar yuborildi. Xususan, AQSH Prezidenti Jo Bayden ham Erdo‘g‘anni qutlab Twitter’da post qoldirdi.

“Prezident Erdo‘g‘anni qayta saylangani bilan tabriklayman. Men NATO ittifoqchilari sifatida ikki tomonlama muammolar va global muammolar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishni intiqlik bilan kutaman”, deb yozgan Amerika yetakchisi.

Ma’lumot uchun, Turkiya Oliy saylov kengashi raisi Ahmet Yener saylov byulletenlarining mutlaq ko‘pchiligini sanab chiqish natijalariga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘olib bo‘lganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, byulletenlarning 99,43 foizini sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Rajab Toyib Erdo‘g‘an 52,14%, Kamol Qilichdoro‘g‘li esa 47,86% ovoz olgan.

Eslatib o‘tamiz, saylovoldi kampaniyasi davomida Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘lini AQSH Prezidenti Jo Baydendan ko‘rsatma olganlikda ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Erdo'g'an Jo Bayden prezidentlik saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing