Erdo‘g‘anni haqorat qilgan 6 kishiga nisbatan tekshiruv boshlandi

Olam

image

Turkiya hukumati mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanganini e’lon qilganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda haqoratomuz va provokatsion bayonotlar tarqatgan olti kishiga nisbatan sud tekshiruvini boshladi. Bu haqda “Yeni Şafak” gazetasi yozgan. 

Ta’kidlanishicha, ish yuzasidan olib borilgan tergov doirasida 26 kishi ozod etilgan.

Hozirda respublikada Prezidentni haqorat qilish to‘g‘risidagi qonun mavjud bo‘lib, unga ko‘ra shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ushbu qoidabuzarlik uchun aybdorlarni bir yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish mumkin.

Erdo‘g‘an joriy yilning 5 fevral kuni o‘zi va rafiqasi koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanganini ma’lum qildi. Shuningdek, 3 fevral kuni Turkiya rahbarining Kiyevga tashrifi chog‘ida unga hamrohlik qilgan Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar ham koronavirusga chalinganini aytdi.

Avvalroq, Turkiyalik jurnalist Sedef Kabash Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqorat qilganlikda ayblanib, hibsga olingani haqida xabar bergan edik. Sedef Kabash muxolifatga aloqador telekanaldagi jonli efirda aytgan maqoli bilan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anni nishonga olganlikda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing