Erdo‘g‘ancha o‘yin: Turkiya Shvetsiyani NATOga qo‘shishdan yutyaptimi yo yutqizyapti?
Olam
−
11 iyul 2023
10418Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiyani NATOga qabul qilishga rozi bo‘lishi evaziga o‘z mamlakatining Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishini talab qilib, vaqtdan yutishga harakat qilmoqda. Bu fikrni kecha, 10 iyul kuni geosiyosat va mudofaa bo‘yicha “Arte da Guerra” internet-resursi muallifi Robinson Farinazo Kazal bildirdi.
“Bu [Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi] dargumon, chunki Turkiya bir qator talablarga javob bermaydi. Gap hatto Turkiyada emas, balki Erdo‘g‘anning o‘zida”, deydi u.
Kazalga ko‘ra, yevropalik siyosatchilar Turkiyani qabul qilishni istamaydi, boisi "Umumevropa oilasi" yetakchilari NATOda mavjud bo‘lgan muammolar Erdo‘g‘an bilan birga kelishidan qo‘rqadi.
“Aftidan, Erdo‘g‘an shu tariqa vaqtdan yutishga harakat qilyapti, lekin, albatta, sammitning keyingi ikki kunida hammasi o‘zgarishi mumkin”, deydi ekspert.
Uning fikricha, Turkiya rahbari o‘z harakatlarida Yevropa Ittifoqi va AQSHdan farqli o‘laroq, mafkuraviy mulohazalar emas, balki o‘z mamlakatining “merkantil” iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan.
“U uchun barcha vositalar foydali”, deya ta’kidlaydi Kazal.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOda ishtirok etish istiqboli yoki Skandinaviya davlatida kurd diasporasi mavjudligiga unchalik qiziqmaydi.
“Ammo u Shvetsiya Yevropa Ittifoqi va NATO uchun muhim ekanini tushunadi, shuning uchun u [Turkiya ovozi] narxini oshirmoqchi”, deya xulosa qildi u.
Qayd etishicha, Anqara Vashington, Bryussel va Stokgolmning yon berishlariga umid qilmoqda.
“Aydınlık” gazetasining yozishicha, Erdo‘g‘an G‘arbning iltijolariga bo‘ysungan va Shvetsiyaning NATOga kirishi masalasida orqaga chekingan.
Nashrning eslashicha, uch kun avval Turkiya rahbari “Ko‘chalarida terrorchilar kezib yurgan davlatga Turkiya qanday ishonadi?”, deb aytganu Vilnyusda bunga qarshi ish tutgan.
Gazeta, shuningdek, “Vatan” siyosiy partiyasi raisi o‘rinbosari Utka Rayhonning ushbu mavzu bo‘yicha bayonotini keltiradi.
“Uyatli qaror. Ular G‘arbning shantajiga berilib ketishdi”, deb hisoblaydi siyosatchi.
Hukumatparast turk matbuoti esa Turkiya terrorizmga qarshi kurashda ko‘plab kafolatlar olgan va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun yordam so‘rab, bu vaziyatda g‘alaba qozonganini yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi Turkiyani YeIga to‘laqonli a’zo qilish uchun harakat qilsa, Anqara Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi. Shundan so‘ng NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansi Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga intilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
2022 yil 28 iyun kuni Madridda NATOning avvalgi sammiti boshlanishidan oldin Erdo‘g‘an, Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo, o‘sha paytdagi Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson va Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Memorandum imzolandi, bu o‘ziga xos yo‘l xaritasi bo‘lib, Stokgolm va Xelsinkiga NATOga qo‘shilish imkonini berdi. 31 mart kuni Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi protokolni ma’qulladi, mamlakat 4 aprelda alyansga a’zo bo‘ldi. Shu bilan birga, turk qonunchilari Stokgolmdan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Madrid memorandumining barcha bandlariga rioya qilishni talab qilib, Shvetsiyaning alyansga kirishi haqidagi protokolni qabul qilmadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr