Erdo‘g‘an Jonson bilan AQSH-Eron muammosini muhokama qildi
Olam
−
07 yanvar 2020
6792Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 7 yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Erdo‘g‘an ma’muriyati qisqa va lo‘nda xabar bermoqda.
Prezident Erdo‘g‘an Jonson bilan AQSH va Eron o‘rtasida soat sayin avj olayotgan notinch vaziyatni muhokama qilgan. Shuningdek, Suriya va Liviyadagi masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 8 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga tashrif buyuradi. Prezidentlar Putin va Erdo‘g‘an uchrashib, Suriya va Liviyadagi vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirgan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023