Erdo‘g‘an Zelenskiyning holidan xabar oldi
Olam
−
17 mart 2022
12656Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakatdagi vaziyatni muhokama qildi.
Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish uchun jadal diplomatik sa’y-harakatlar olib borayotganini qayd etdi.
Turkiya davlati rahbari Anqara Ukrainada uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish rejimini tezroq o‘rnatilishiga intilayotganini ta’kidlagan. U urushni davom ettirish hech bir tomonga foyda keltirmasligiga ishora qilgan.
Prezident Erdo‘g‘an, Ukraina va Rossiya rahbarlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etish uchun sa’y-harakatlarni davom ettirishiga ishontirgan.
U Turkiya Ukrainadagi va qo‘shni davlatlardagi ukrainaliklarga gumanitar yordam yetkazishda davom etishini qo‘shimcha qilgan. Prezident Erdo‘g‘an, shuningdek, gumanitar koridorlarning samarali faoliyat yuritishining ahamiyatiga e’tibor qaratgan.
LiveBarchasi