Erdo‘g‘an Zelenskiyga qanday taklif bermoqchiligi ochiqlandi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 18 avgust kuni Lvovda ukrainalik mavqedoshi Vladimir Zelenskiy va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muzokaralar chog‘ida Ukrainada vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish, shuningdek, tomonlar o‘rtasida harbiy asirlarni almashishda Anqaraning vositachiligi bo‘yicha taklif kiritishi mumkin. Bu haqda NTV telekanali hukumatdagi manbalarga tayanib xabar berdi. 

Erdo‘g‘an, shuningdek, Istanbul muzokara jarayonini qayta boshlash va Turkiyani Rossiya va Ukraina Prezidentlari uchrashuvi uchun maydonga aylantirishni taklif qilishni rejalashtirmoqda. 

“Turkiya rahbari, shuningdek, g‘alla bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish mexanizmini boshqa turdagi mahsulotlarga ham kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi va u Ukrainadagi vaziyatni hal qilishda “oziq-ovqat bitimi” modelini asos qilib olishni taklif qiladi”, deyiladi NTV telekanalida. 

Safarda Turkiya rahbariga Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vahit Kirishi, Savdo vaziri Mehmet Mush, Milliy razvedka boshqarmasi rahbari Hakan Fidan, Prezident ma’muriyati bilan aloqalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Fahrettin Altun, Prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Prezident ma’muriyati mudofaa sanoati bo‘limi rahbari Ismoil Demir, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi rasmiy vakili Umar Chelik va “Baykar Makina” bosh direktori Haluk Bayraktar hahrohlik qiladi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

257

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing