Erdo‘g‘an Zelenskiy bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi
Olam
−
20 Oktabr 2022
5383Kecha, 19 oktyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Rossiya-Ukraina urushi atrofidagi voqealarni muhokama qildilar.
Suhbat chog‘ida Prezident Erdo‘g‘an diplomatik yechim izlash har qanday sharoitda saqlanib qolishi kerakligini ta’kidlab, muzokaralar yo‘li bilan urushni tugatish uchun har qanday zarur hissani qo‘shishga tayyorligini bildirdi.
Prezident Erdo‘g‘an Zelenskiyga Bartindagi ko‘mir konidagi portlash munosabati bilan ta’ziya yo‘llagani uchun minnatdorlik bildirdi.
LiveBarchasi